23:51 / 27.08.2017
5429

Pokistonda AQShga qarshi namoyishni tarqatishda ko‘zni yoshlatuvchi gaz qo‘llandi

Pokistonning Karachi shahrida AQShga qarshi namoyish ishtirokchilarini tarqatishda ko‘zni yoshlatuvchi gaz va to‘qmoqlar qo‘llandi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda. 

Ta'kidlanishicha, shia talabalar AQSh elchixonasi tomon bormoqchi bo‘lgan.

Mahalliy aholining noroziligiga AQSh prezidenti Donald Trampning yaqindagi nutqi sabab bo‘lgan. Tramp o‘z nutqida Pokistonni afg‘onistonlik va janubiy osiyolik terrorchilar o‘zlarini “osoyishta his qilishlari mumkin bo‘lgan makon” deb atagandi.

Pokiston hukumati o‘ziga qo‘yilayotgan bu ayblovlarni rad etgan.

Top