21:22 / 28.08.2017
4712

AQSh va Qozog‘iston energetika sohasida birgalikda ishlashga kelishib oldi

Foto: RIA Novosti / Igor Mixalev

AQSh va Qozog‘iston o‘rtasida energetika bo‘yicha muntazam strategik muloqot yo‘lga qo‘yiladi, deb ma'lum qildi AQSh energetika vaziri o‘rinbosari Den Bruyyett.

“Men vazir Bozumbayev bilan bugungi uchrashuvda hamkorligimizni mustahkamlash va energetika bo‘yicha muntazam strategik muloqotni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga kelganimizdan xursandman”, deb aytgan Bruyyett Qozog‘iston energetika vaziri Kanat Bozumbayev bilan uchrashuvi natijalari bo‘yicha jurnalistlarga bergan axborotida.

Bruyyettning ta'kidlashicha, AQSh va Qozog‘iston “fuqarolik yadro energetikasini ilgari surishda birgalikda ishlaydi”. Bu energetika turi xavfsizroq va atrofga tarqalishdan ko‘proq himoyalangan. 

“Men Bozumbayevni strategik muloqotni rasman yo‘lga qo‘yish uchun Vashingtonga taklif qilaman. Biz u yerda 2018 va undan keyingi yillar uchun hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha ishlar rejasini tuzib chiqamiz”, deb aytgan Bruyyett.

Qozog‘iston dunyoda uran ishlab chiqaruvchi eng yirik davlatlardan biri hisoblanadi: 2016 yilda Qozog‘iston olgan uran 24 ming tonnaga yaqinni tashkil qilgan. 

Top