09:31 / 28.08.2017
11569

Xitoy BRIKS sammitiga yana 5 davlat yetakchisini taklif qildi

Foto: Reuters

Xitoy hukumati Syamendagi BRIKS sammitiga yana 5 davlat yetakchisini taklif qildi. Bu haqda TASS Rossiyaning XXRdagi elchisi Andrey Denisovga asosan xabar bermoqda.

«Xitoyning bu safargi raisligi chuqur yondashuvni ko‘rsatdi hamda jahonning turli hududlaridagi beshta davlat yetakchilari taklif etildi», - deya ma'lum qilgan diplomat.

Uning ta'kidlashicha, taklif etilganlar ro‘yxatidan Gvineya, Meksika, Tailand va Tojikiston kabi davlatlar joy olgan.

Avvalroq BRIKS davlatlari elektron tijorat sohasidagi hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top