16:26 / 28.08.2017
5239

Kubandagi avtohalokatda qurbon bo‘lganlar soni 19 nafarga yetdi

Foto: Ruptly

Krasnodar o‘lkasida yo‘lovchi avtobusining dengizga qulab tushishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 19 nafarga yetdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. Bu haqda mintaqa favqulodda xizmatlar vakili ma'lum qilgan. 

«Jabrlanganlardan biri shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi. Yana 19 kishiga tibbiy yordam ko‘rsatilayapti», — degan agentlik suhbatdoshi. 

25 avgust kuni ertalab Kubanda dahshatli YTH ro‘y bergan edi. Avtobus ko‘prikdan suvga qulagan edi. Halok bo‘lganlar va jabrlanganlarning barchasi «Tamanneftegaz»  hamda unga tegishli pudratchi qurilish tashkiloti ishchilaridir. 

Fojiaga tormoz tizimining nosozligi sabab bo‘lgan. Halokat ishi bo‘yicha avtobus haydovchisi Karapet Mikayelyan va tadbirkor Yuriy Vecheradze qo‘lga olingan. Ular 26 oktabrgacha qamoqda saqlanadi. 

Top