O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati hokimining turizm bo‘yicha o‘rinbosarini tayinladi.
Davlat rahbarining «Turizm sohasini rivojlantirishda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mas'uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3129 sonli qaroriga muvofiq Sayfiddin Nizamov Toshkent viloyati hokimining turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Avvalroq ikki viloyatda hokimning turizm bo‘yicha o‘rinbosarlari tayinlangani xabar berilgandi.