18:57 / 29.08.2017
7018

50 yoshli marafonchi Toshkentdan Samarqandgacha piyoda yo‘l bosib o‘tdi

Foto: kommersant.uz

Samarqandlik 50 yoshli duradgor Shokir Axrorov Samarqanddan Toshkentgacha marafon uyushtirdi. Bir shahardan ikkinchisiga yetib borish uchun marafonchi 5 kun yo‘l bosdi. Bu haqda Kommersant.uz xabar bergan.

“Mening poygam 22 avgustda Registonda boshlandi, besh kundan so‘ng Toshkentga yetib keldim. Erta tongdan yo‘lga otlanardim, so‘ng kuchim yetgancha Toshkent tomon yugurardim. Kuniga tahminan 65 km yugurishga to‘g‘ri keldi. O‘z o‘zidan ma'lumki, tunashga joy tanlashga to‘g‘ri kelmasdi, duch kelgan joyda tunab ketaverardim. Quvonarlisi, hamma joyda odamlar meni ochiq ko‘ngil bilan kutib oldi”, – deb o‘z taassurotlari bilan bo‘lishdi poygachi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu uning birinchi tajribasi emas. Avval ham marafonchi o‘z velosipedida Samarqand, Toshkent, Qo‘qon, Termiz shaharlariga “sayr” qilgan.

“Intilish va qiziqishimda meni qo‘llab quvvatlagan barcha yaqinlarimga minnatdorman va ushbu poygamni Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlayman”, – deydi Shokir Axrorov.

Uning yo‘nalishi Parijga. Yo‘nalish rejasi tuzilgan, ishtiyoq yetarli, buyog‘iga faqat velosipedga o‘tirish va yurish qoldi.

Top