20:42 / 29.08.2017
19331

Boks, JCh–2017: 19 yoshli Sanjar Tursunovdan ajoyib g‘alaba va yarim final yo‘llanmasi

Foto: AIBA

Germaniyaning Hamburg shahrida boks bo‘yicha AIBA shafeligi ostida o‘tayotgan jahon chempionati chorak final o‘yinlari boshlandi. Ma'lumki, chorakfinal janglarida to‘qqiz nafar bokschimiz qatnashmoqda.

Dastlabki jangda 49 kg vazn toifasida Hasanboy Do‘smatov  hindistonlik Amit Kumarni 5:0, 64 kg.gacha bo‘lgan vazn toifasida Iqboljon Xoldorov garchi ikki marta shubhali tarzda ochkosi olib tashlanganiga qaramsadan, germaniyalik Artyom Harityunyanni 3:2 hisobida yengib yarim finalga yo‘l olishgan edi.

Chorakfinalning 75 kg.gacha bo‘lgan vazn toifasida Isroil Madrimov AQSh vakili Troy Aysliga qarshi ringga ko‘tarildi va ochkolar bo‘yicha 2:3 hisobida yengildi. Butun uch raundda ham Isroil barcha jabhada yaqqol ustunlik qilgan bo‘lsa-da hakamlar uning raqbini g‘olib, deb topishgani biroz tushunarsiz bo‘ldi.

91 kg.gacha bo‘lgan bokschilar ishtirokida chorakfinal jangida ishtirok etgan 19 yoshli vakilimiz Sanjar Tursunov niderlandiyalik Roy Korvingga qarshi jang o‘tkazdi va 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Hakamlarning raundlar bo‘yicha qo‘yilgan yakuniy balli quyidagicha bo‘ldi:

Belarus - 27:30, Filippin - 27:30, Shri Lanka - 27:30, Ukraina - 27:30, Avstraliya - 30:27

 

Chorakfinal janglarida qatnashayotgan qolgan bokschilarimiz quyidagi soatlarda ringga chiqishadi.

52 kg. Chorakfinal. 29 avgust. 22:15

Jasurbek Latipov (O‘zbekiston) - Seyber Avila (Kolumbiya)

60 kg. Chorakfinal. 29 avgust. 22:45

Elnur Abduraimov (O‘zbekiston) - Otar Eranosyan (Gurjiston)

69 kg. Chorakfinal. 29 avgust. 23:00

Shahram G‘iyosov (O‘zbekiston) - Pet MakKormak (Angliya)

81 kg. Chorakfinal. 29 avgust. 23:30

Bektemir Meliqo‘ziyev (O‘zbekiston) - Yerik Aljanov (Qozog‘iston)

91+ kg. Chorakfinal. 29 avgust. 23:55

Bahodir Jalolov (O‘zbekiston) – Qamchibek Qo‘nqaboyev (Qozog‘iston)

Mavzu
Boks. JCh-2017

25 avgust kuni Germaniyaning Hamburg shahrida Boks dunyosining 2017 yilgi eng nufuzli musobaqasiga start berildi. 25 avgustdan 2 sentabrgacha Hamburg shahri AIBA World Boxing Championship-2017 musobaqasiga mezbonlik qiladi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi kamsonli mamlakatlar singari to‘liq tarkibda ishtirok etadi. 

Barchasi
Mavzuga oid
Top