Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning Ukraina YeI va NATOning bir qismi ekani haqidagi so‘zlarini rad etdi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».
«Men do‘stim Poroshenko bir necha kun avval Ukraina – bu YeI, bu NATO ekani haqida aytgan gaplarini eshitdim. Hozircha na u va na bu emas. Hamma buni bilishi kerak», - degan u Yevroittifoq elchilari oldida chiqish qilib.
Shuningdek, Yunkerning ta'kidlashicha, jahonda 60 ta urush yuz berayotgan bo‘lib, ulardan birontasi Yevropa hududida emas.
Avvalroq Poroshenko Yevropa Ittifoqiga yo‘ldagi to‘siqlarni yengib o‘tishga va'da bergandi.