17:02 / 29.08.2017
4662

Makron jahon tartibini birgalikda o‘rnatish kerakligi haqida bayonot berdi

Foto: EPA

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning fikricha, kollektiv dunyo tartibini o‘rnatish maqsadida jahon siyosatini o‘zgartirish zarur. U Yelisey saroyida mamlakatlar elchilarini qabul qilish an'anaviy marosimida shu haqda so‘z yuritdi. 

"Fransiya diplomatiyasi jahon va global mazmunga ega. Biz shunday holatni boshdan kechirmoqdamizki, unda avval o‘rnatilgan diplomatik tartiblarga shubha bildiriladi. Bu esa har 25-50 yilda kuzatiladi. Bugungi kunda, 1989 yilda o‘rnatilgan globallashuvga asoslangan va ultraliberalizmga aylangan hamda yagona davlatning o‘ta qudratli bo‘lishiga olib kelgan xalqaro tartib zarba ostida qoldi. Bizning hozirgi vazifamiz – barcha ittifoqchilarimiz va hamkorlarimiz bilan birgalikda barqaror, adolatli umumiy tartibni bunyod etishdir", - degan Fransiya prezidenti.

Uning qayd etishicha, "hozirgi holatda harakatsizlikdan yomoni bo‘lmaydi". "Fransiya tub burilishni boshdan kechirayotgan dunyo va Yevropa siyosatida o‘z o‘rnini saqlab qolishi muhimdir. Men zamonaviy chaqiriqlarga qarshi turadigan Fransiya tarafdoriman", - degan Makron.

Top