15:29 / 29.08.2017
32227

Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida O‘zbekiston harbiy salohiyati eng qudratli davlat

Foto: KUN.UZ

Dunyo mamlakatlarining harbiy muvozanatiga doir The Military Balance-2016 jahon reytingi e'lon qilindi. Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida armiya ko‘lami bo‘yicha O‘zbekiston birinchi o‘rinda. So‘ngra Qozog‘iston va Turkmaniston joylashgan. Tojikiston va Qirg‘iziston moddiy imkoniyati cheklangani tufayli yirik sonli armiyalarni saqlay olmaydi. 24.kg agentligi The Military Balance-2016 hisobotiga tayangan holda shu haqda yozmoqda.

Hisobotda ta'kidlanishicha, raketa to‘plamlari Qozog‘istonda 12 dona bo‘lsa, Turkmaniston ixtiyorida 16 dona shunday majmualar bor. 

Jangovar samolyotlar faqatgina O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmanistonda mavjud. Qirg‘iziston va Tojikiston faqat harbiy transport samolyotlariga ega. Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng kuchli harbiy aviatsiya Qozog‘istonga tegishli. O‘zbekiston esa vertolyotlar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda, deya ta'kidlanadi hisobotda. 

Umuman, eslatib o‘tamiz, harbiy kuch-qudrat reytingida O‘zbekiston mintaqa mamlakatlari orasida 1-o‘rinda (jahonda 48-o‘rin). 2-o‘rinda Qozog‘iston bo‘lsa, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Tojikiston tegishli tartibda. 

Garchi Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston qurolli kuchlari safida 1940-yillarning artilleriyasi bo‘lsa-da, ularning jangovar holati qoniqarli darajada. Bu borada Qozog‘iston Markaziy Osiyoning yetakchi davlati.

Top