18:26 / 29.08.2017
7066

«Monako» yetakchilarini sotmoqda va ularning o‘rnini to‘ldirmoqda

«Latsio» yarim himoyachisi Balde Keyta faoliyatini Fransiyada davom ettiradi.

Jurnalist Janluka Di Martsioning yozishicha,«Monako» ushbu futbolchi transferi borasida rimliklar klubi bilan kelishuvga erishgan. Kelishuv qiymati – 30 million yevroni tashkil qiladi, shuningdek, qo‘shimcha bonuslar ko‘zda tutilgan. Futbolchining o‘zi ham «Monako»ga o‘tishni istamoqda.

Qayd etilishicha, Keyta bugun Monte-Karloga keladi.

«Monako» yozgi transferlar vaqtida 3 futbolchisini sotdi: Bernardu Silva va Benjamin Mendi «Manchester Siti»ga (43 mln va 52 mln funt), Temua Bakayoko «Chelsi»ga (40 mln funt) yo‘l oldi. Ayni vaqtda jamoani Kilian Mbappe («PSJ»), Fabino va Toma Lemar tark etishi kutilmoqda.

O‘z navbatida jamoaga bir qator yangi futbolchilar kelib qo‘shilgan. Bular Diyego Benalo («Volfsburg»), Jordi Gaspar («Lion»), Souaxilo Meyte («Zulte-Varegem»), Yuri Tilemans(«Anderlext») va Stevan Yovetich («Inter») transfer qilindi. 

Ertakning nihoyasi: «Monako» futbolchilari yozda qayerga qochishadi?

Mavzuga oid
Top