AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, Meksika Amerika-Meksika chegarasida devor qurilishi uchun baribir pul to‘laydi. Bu haqda CBS News telekanali xabar bermoqda.
«Meksika devor uchun baribir pul to‘laydi», - degan u.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, devorning qurilishi «narkotik moddalar muammosini hal etishda kuchli yordam beradi».
Avvalroq muhojirlar Meksikadan AQShga tunnel qazishgani ma'lum bo‘lgandi.