08:10 / 29.08.2017
4638

Tramp va Abe KXDRning raketa uchirishini muhokama qildi

Foto: Sputnik

AQSh prezidenti Donald Tramp va Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe o‘zaro telefon orqali muloqotida Shimoliy Koreyaning so‘nggi raketa uchirishini muhokama qildi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar qilmoqda. Suhbatning tafsilotlari hozircha ma'lum emas.

Shu bilan bir vaqtda agentlikning Janubiy Koreya hukumatidagi yuqori lavozimli manbasining so‘zlariga ko‘ra, AQSh Seul bilan ular KXDR bilan bog‘liq vaziyatni hal etishning «harbiy variantlari»ni ko‘rib chiqadigan bo‘lsa, muhokama qilishini bildirgan.

«AQSh bizga mabodo shunday vaziyat yuzaga keladigan bo‘lsa, biz bilan jiddiy maslahatlashishga va'da berdi», — degan manba.

Top