09:54 / 30.08.2017
4866

Andijon yong‘in xavfsizligi boshqarmasi jamoasi respublika chempioni bo‘ldi

17-20 avgust kunlari Namangan shahrida yong‘in o‘chirish amaliy sporti bo‘yicha an'anaviy O‘zbekiston Respublikasi ochiq chempionati o‘tkazildi. 

Mamlakatning barcha viloyatlari jamoalari ishtirok etgan musobaqalarda Andijon viloyati terma jamoasi ishg‘ol qilish narvonida o‘quv minorasining 4-qavatiga ko‘tarilish, jangovor yoyilish hamda ikki kurash turlari yakuni bo‘yicha jamoalar o‘rtasida 1-o‘rinni egallab, musobaqaning ko‘chma kubogi, qimmatbaho sovg‘alar hamda faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

O‘tgan yili ham ushbu jamoa jamoalar o‘rtasida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.

 

Top