22:19 / 30.08.2017
30170

Chevrolet va boshqalar: Birinchi yarim yillikda aholi tomonidan qaysi avtomobillar ko‘proq xarid qilingan?

Foto: iStock

2017 yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekistonda sotilgan avtomobillar orasida Chevrolet markasiga tegishli avtomobillar qat'iy birinchi o‘rinni egallagan. Bu xulosa, OLX e'lonlar servisining mutaxassislari tomonidan, «Avtomobillar» bo‘limida yanvar oyidan iyul oyigacha tuzilgan bitimlar bo‘yicha keltirilgan ma'lumotlarning tahliliga asoslangan.

Chevrolet faqatgina eng ommabop marka bo‘libgina qolmay, uning ma'lum modellari eng xaridorgir avtomobil markalarining ro‘yxatida ham birinchi beshta o‘rinni egallagan.

Birinchi olti oylik yakunlari bo‘yicha keltirilgan ma'lumotlar GM Uzbekistan marka ustunligini, boshqa barcha raqobatchilar ortda qolganligini yaqqol namoyish qilgan. Sotilgan barcha avtomobillarning umumiy hajmidan Chevrolet markasining ulushi 54,2 foizni tashkil qilgan. Bu esa OLX orqali sotilgan har ikkinchi avtomobil aynan shu markaga tegishli ekanligini anglatadi. 

Ikkinchi o‘rinni band etgan, eng yaqin raqobatchi ishlab chiqaruvchi — Rossiyaning VAZ markasi. Bu markaga tegishli avtomobillar, barcha sotilgan avtomobillarning umumiy ulushidan 16,8 foizini tashkil qilgan. Bu esa hali har oltinchi avtomobil ham emas. Uchtalikni Janubiy Koreyaning Daewoo markasi yakunlagan. Bu marka ulushiga sotilgan barcha avtomobillarning 12,5 foizi to‘g‘ri kelgan (har sakkizinchi bitim). Qimmat bo‘lmagan bu markalar uchtaligi, tuzilgan barcha bitimlarning 83,5 foizini tashkil qilgan.

Eng ommabop avtomobil markalari orasida to‘rtinchi o‘rinni Germaniyaning «Mercedes» markasi egallagan, uning ulushiga yopilgan bitimlarning 3 foizi to‘g‘ri kelgan. Beshinchi o‘rinda Rossiyaning yana bir avtomobil ishlab chiqaruvchisi — GAZ markasi, uning ulushiga yopilgan bitimlarning 2,4 foizi to‘g‘ri kelgan. O‘ntalikka shuningdek, «Moskvich» (1,7 foiz), «Boshqalar» kategoriyasiga umumlashtirilgan qimmat bo‘lmagan tanilmagan markalar (1,6 foiz), BMW (1,6 foiz), Toyota (1,1 foiz) va Hyundai (0,8 foiz) kirgan.

Umuman olganda, birinchi yarim yillik yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonda eng ommabop bo‘lgan avtomobil markalarining 20 taligi quyidagicha: 

1. Chevrolet
2. VAZ
3. Daewoo
4. Mercedes
5. GAZ
6. Moskvich
7. Boshqalar
8. BMW
9. Toyota
10. Hyundai
11. Nissan
12. ZAZ
13. Opel
14. Ford
15. IJ
16. UAZ
17. Fiat
18. Audi
19. Lexus
20. Mazda

Avtomobil modellariga keladigan bo‘lsak, eng ommabop top 5talik to‘lliq Chevrolet markasining mahsulotlaridan iborat. Birinchi o‘rinda Chevrolet Spark — yopilgan bitimlarning umumiy sonidan 14,1 foiz. Ikkinchi o‘rinda Chevrolet Lacetti — 12,2 foiz. Uchinchi o‘rinda Chevrolet Nexia — 11 foiz. To‘rtinchi o‘rinda Chevrolet Matiz — 10,9 foiz. Beshinchi o‘rinda esa Chevrolet Cobalt — 6,4 foiz. 

Chevrolet markasining eng yaqin raqobatchisi – Daewoo Nexia oltinchi o‘rinni egallagan. Yarim yil ichida OLX orqali sotilgan avtomobillarning umumiy sonidan 5 foizi mazkur marka hissasiga to‘g‘ri kelgan. Keyingi o‘rinda 4,3 foiz bilan Daewoo Matiz. O‘ntalikka shuningdek, Chevrolet Captiva (3,9 foiz), VAZ 2106 (2,9 foiz) va Daewoo markasining yana bir modeli — Damas (2,6 foiz) kirgan.

Qizig‘i shundaki, ikkinchi o‘ntalik ham deyarli to‘lliq Chevrolet, VAZ va Daewoo markalariga tegishli modellardan iborat. 16-o‘rinnigina «Boshqalar» kategoriyasiga umumlashtirilgan mayda avtomobil ishlab chiqaruvchilar egallagan. Ommabop avtomobil modellari reytingining 20- va 30-satrlari orasida faqat «Moskvich»larni ko‘rishimiz mumkin (22- va 30-o‘rin). Bunda 31-satrni GAZ 31029 egallagan. Bu ro‘yxatdagi birinchi Yevropa avtomobili — Mercedes Ye-200 esa 33-o‘ringagina sazovor bo‘lgan (yopilgan bitimlarning 0,4 foizi). 

Yarim yillik yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonda eng ommabop bo‘lgan avtomobil modellarining 20 taligi 

1. Chevrolet Spark
2. Chevrolet Lacetti
3. Chevrolet Nexia
4. Chevrolet Matiz
5. Chevrolet Cobalt
6. Daewoo Nexia
7. Daewoo Matiz
8. Chevrolet Captiva
9. VAZ 2106
10. Daewoo Damas
11. Chevrolet Malibu
12. Chevrolet Epica
13. Daewoo Tico
14. VAZ 21063
15. VAZ 2107
16. Boshqalar
17. VAZ 2101
18. VAZ 21011
19. VAZ 21061
20. VAZ 2109

Mavzuga oid
Top