22:49 / 30.08.2017
6337

«Liverpul» Oksleyd-Chemberlen transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi

Foto: Sky Sports

«Arsenal» yarim himoyachisi Aleks Oksleyd-Chemberlen «Liverpul»ga o‘tadi.

Sky Sports xabariga ko‘ra, klublar ushbu futbolchini 40 million funtga transfer qilish bo‘yicha kelishuvga erishgan.

«Liverpul» bilan Oksleyd-Chemberlen 6 yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda.

24 yoshli xavbek ayni vaqtda Angliya terma jamoasida bo‘lib turibdi, u tez orada yangi klubi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kutilmoqda.

Oksleyd-Chemberlen – «Sauthempton» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2011 yildan buyon «Arsenal» safida o‘ynab kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2018 yil yoziga qadar tuzilgandi.

Ushbu futbolchiga «Chelsi» ham talabgor bo‘lgan, ammo u himoyada o‘ynashni istamagani uchun londonliklar klubi taklifini rad etdi.

Top