08:46 / 30.08.2017
25545

Makgregorni yana kurashga chorlashdi. Bu safar jang suv havzasida bo‘lishi mumkin

Amerikalik suzuvchi, sport tarixidagi yagona 23-karra Olimpiya chempioni Maykl Felps aralash uslub bo‘yicha irlandiyalik jangchi Konor Makgregorni kurashga chorladi. 32 yoshli suzuvchi Twitter sahifasida shu haqda e'lon qoldirdi.

«Bularning barchasi quruq so‘z... Kel suzishda kuch sinashamiz?», — deb yozgan Felps va shu haqdagi afisha tasvirini ham ilova qilgan.

Ma'lumki, Makgregor 27 avgust kuni boks qoidalari bo‘yicha amerikalik Floyd Meyvezerga qarshi ringga ko‘tarilgan va 10-raundda mag‘lub bo‘lgan edi. Shifokorlar ushbu jangdan so‘ng, 29 yoshli irlandiyalikka 2 oy mobaynida ringga chiqishni taqiqladi. 

Meyvezer asr tomoshasida 400 million dollar, Makgregor 100 million dollar atrofida pul olgan.

Foto: Twitter/@MichaelPhelps
Mavzuga oid
Top