01:00 / 30.08.2017
10820

Tramp “Harvi” dovulidan katta talofat ko‘rgan Texasga keldi

Foto: AFP/Getty Images

AQSh prezidenti Donald Tramp 29 avgust kuni “Harvi” dovulidan jabr ko‘rgan, Texas shtati janubida joylashgan Korpus-Kristi shahriga vayronalar ko‘lamini baholash va aholiga hamdardlik bildirish uchun kelgan. Bu haqda The New York nashri xabar bermoqda.   

Ta'kidlanishicha, Tramp Texasga imkoni boricha tezroq kelish uchun jadvalini o‘zgartirishiga to‘g‘ri kelgan. 28 avgustda Tramp qo‘shni Luiziana shtatida unga Texas shtatidan kelayotgan dovul sababli favqulodda vaziyat tartibini kiritdi.

Tramp tiklash ishlariga bag‘ishlangan yig‘ilishda AQSh hukumati dovul oqibatlarini bartaraf etish uchun katta ko‘lamli operatsiyani namunali o‘tkazish uchun barcha sa'y-harakatlarni amalga oshirishini aytgan. Uning aytishicha, gap ofatning “juda katta ko‘lamda” sodir bo‘lgani haqida ketgan. “Hech kim hech qachon bunga o‘xshashini ko‘rmagan”,. deb aytgan Tramp “Harvi” dovuli haqida. 

Tramp qutqaruv va tiklash operatsiyalarining ishtirokchilari xatti-harakatlariga yuqori baho bergan. “Biz bir-birimizni tabriklamaymiz, biz barchasi yakunlangandagina bir-birimizni tabriklay olamiz”, deb ta'kidlab o‘tgan Tramp.  

“Harvi” dovuli AQShdagi oxirgi 12 yil ichidagi eng kuchli dovul bo‘ldi. 26 avgustda u tropik shamol darajasigacha zaiflashgan. Tabiiy ofat hududidagi shamolning maksimal tezligi 29 m/soniyadan 20,1 m/soniyagacha tushgan. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, ofat oqibatida 14 kishi halok bo‘lgan. 

Mavzuga oid
Top