10:22 / 30.08.2017
17865

JCh-2018 saralashi. Saudiya Arabistoni yutqazdi

Foto: OFK

29 avgust kuni Osiyo qit'asida 2018 yilgi Jahon chempionati uchun saralash uchrashuvlari start oldi.

V guruhida BAA Saudiya Arabistonini qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 20-daqiqasida Saudiya futbolchisi Navaf Ol-Obid penaltini aniq ijro etib, mehmonlarni oldinga olib chiqdi, oradan bir daqiqa o‘tib Ali Mabhut muvozanatni tikladi.

60-daqiqada Ahmad Halil BAAning g‘alaba goliga mualliflik qildi - 2:1.

Shu tariqa V guruhida vaziyat yanada chigallashdi, endilikda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun to‘rtta jamoa imkoniyatga ega bo‘lib turibdi: Yaponiya 8 o‘yindan keyin 17 ochko bilan birinchi, Saudiya Arabistoni 9 o‘yindan keyin 16 ochko bilan ikkinchi, uchinchi o‘rindagi Avstraliya 8 o‘yinda 16 ochko to‘plagan, BAAda 13 ochko jamg‘arilgan. Iroq (5) va Tailand (2) yo‘llanmadan umid uzib bo‘lgan.

JCh-2018 saralash, 9-tur
BAA - Saudiya Arabistoni — 2:1
Gollar: Ali Mabhut (21), Ahmad Halil (60) - Navaf Ol-Obid 20 (pen).

Top