22:06 / 31.08.2017
18698

Forbes tomondan Rossiyaning XX asrdagi eng nufuzli shaxsi kimligi aniqlandi

Foto: DR

Birinchi fazogir Yuriy Gagarin Forbes jurnali talqiniga ko‘ra “Asrning eng nufuzli ruslari” reytingiga boshchilik qilmoqda. Bu reytingga Rossiya tarixida o‘chmas iz qoldira olgan 100 nafar shaxs kiritilgan.

Ta'kidlanishicha, jurnalning mutolaachilari ishtirok etgan dastlabki ovoz berishda Gagaringa 52,2 foiz ovoz berilgan. Gagarindan tashqari yetakchi uchtalikka Iosif Stalin va Vladimir Putin kiritilgan.

Nashrda aytilishicha, reytingni tuzish jarayoni sermashaqqat bo‘lgan va bir necha bosqichda o‘tgan. Forbes’ga “buyuk ruslar”ni tanlashda bir necha mutaxassislar va maslahatchilar, jumladan Rossiyaning yetakchi oliy ta'lim muassasalari rektorlari, kinotanqidchilar, musiqiy tanqichdilar yordam berishgan.

Reytingga XX asrda yashagan rossiyaliklardan tashqari, XXI asrda ham hayot bo‘lgan shaxslar kiritildi. Jumladan, bunday shaxslar reytingning 21 ta pog‘onasidan joy olgan.

Reytingda sobiq ittifoqning oxirgi prezidenti Mixail Gorbachyov, opera qo‘shiqchisi Fyodor Shalyapin, kinorejissyor Leonid Gayday, qo‘shiqchi Alla Pugachyova, shoir va yozuvchi Sergey Mixalkov, “VKontakte” va Telegram asoschisi Pavel Durov, xokkeychilar Aleksandr Ovechkin va Vladislav Tretyak kabi mashhur shaxslar ismlari bor.

Top