16:48 / 31.08.2017
5534

Xakerlar WikiLeaks saytini buzishdi

OurMine xakerlar guruhi dunyo mamlakatlariga doir maxfiy ma'lumotlarni e'lon qiluvchi WikiLeaks tashkiloti saytini buzishdi, deb yozmoqda Verge.

Ta'kidlanishicha, saytning bosh sahifasida xakerlarning xabari paydo bo‘lgan. 

«Salom, bu OurMine (xavfsizlik xizmati), tashvishlanmang, biz shunchaki, texnik nazoratni o‘tkazayapmiz. Oh, to‘xtang, bu tekshiruv emas! WikiLeaks, yodingizdami, siz bizga buzishni taklif qilgan edingiz?» — deb yozgan xakerlar.

Xabar tayyorlanayotgan vaqtda saytga kirib bo‘lmayotgan edi. 

WikiLeaks sayti esa, Twitter sahifasida serverlar buzib kirilmagani haqida xabar qoldirdi. 

Mavzuga oid
Top