10:16 / 31.08.2017
47788

Mayk Tayson Makgregor haqida gapirdi

Foto: Reuters

Boks bo‘yicha super og‘ir vazn toifasidagi jahonning sobiq mutlaq chempioni Mayk Taysonning ma'lum qilishicha, UFC chempioni Konor Makgregorni boks bo‘yicha jahon chempioni Floyd Meyvezer bilan jangdan so‘ng ko‘proq hurmat qila boshladi.

«Ha, endi men uni ko‘proq hurmat qilmoqdaman», - deya Taysonning so‘zlarini keltiradi TMZ.

Meyvezer hamda Makgregor o‘rtasidagi jang Las-Vegasda 27 avgust kuni bo‘lib o‘tdi. Amerikalik raqibini texnik nokaut bilan mag‘lubiyatga uchratdi.

Avvalroq Meyvezer Makgregorga maslahat bergandi.

Mavzuga oid
Top