08:59 / 31.08.2017
4617

San-Frantsiskoda haydovchi avtomobilda bir guruh piyodalarga borib urildi

Foto: Daily Star

AQShning San-Frantsisko shahrida haydovchi avtomobilida bir guruh piyodalarga borib urildi. Bu haqda The Sun xabar bermoqda.  

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, voqea oqibatida 8 kishi jarohat olgan, ulardan 6 nafari shifoxonaga yetkazilgan.

Voqea sabablari aniqlashtirilmoqda. Politsiyada ta'kidlanishicha, haydovchi odamlarni ataylab urmagan hamda politsiya va tez tibbiy yordam kelguncha voqea joyida qolgan.

Oxirgi vaqtlar mashinalarda odamlarni bosish yo‘li bilan ko‘plab davlatlarda teraktlar sodir etib kelinmoqda. Bunday yirik hujumlardan biri yaqinda Barselonada sodir etildi.

Top