10:12 / 31.08.2017
6740

Singapur prezidenti iste'foga chiqdi

Foto: AP

Singapur prezidenti Toni Tan 31 avgst kuni rasman vakolatlaridan iste'fo berdi. U olti yil davlatni boshqardi. Yangi davlat rahbari saylovi 23 sentabrda bo‘lib o‘tadi. Unda 3 nafar nomzod ishtirok etadi.

77 yoshli siyosatchi Singapur eng yangi tarixidagi 7-prezident bo‘ldi. U 2011 yilgi saylovlarda g‘alaba qozongan edi. O‘shanda, birinchi marta prezidentlik uchun bir necha kishi da'vogarlik qilgandi. Bungacha prezidentlik saylovlari muqobil nomzodlarsiz bo‘lib o‘tar edi. Toni Tan turli yillarda bosh vazir o‘rinbosari, mudofaa vaziri, Davlat investitsiya korporatsiyasi (GIC) ijrochi direktori lavozimlarida ishlagan.

Mamlakat konstitutsiyasiga muvofiq, shahar-davlatda prezident hokimiyati cheklangan, mamlakatni amalda bosh vazir boshqaradi. Davlat rahbari byudjyet loyihasiga veto qo‘yish, hukumat lavozimlariga tayinlash, sudlangan jinoyatchilarni avf etish huquqiga ega hamda mamlakat oltin-valyuta zaxiralari himoyachisi hisoblanadi. Hukumat qarorlari kamdan-kam hollarda muhokama qilinadi. 

Top