16:11 / 31.08.2017
4775

Uyida yarim kilogrammga yaqin giyohvand modda saqlagan yuqorichirchiqlik ushlandi

Yuqorichirchiq tumanida 4 avgust kuni o‘tkazilgan “Qoradori-2017” tezkor tadbiri davomida Yuqorichirchiq tumanida yashovchi 1983 yilda tug‘ilgan U.J.ning uyi gumonlanib tekshirilganda oshxonasidan 432,9 gr. «marixuana» giyohvand moddasi olindi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Shuningdek, Chinoz tumanida shu kuni o‘tkazilgan tadbir davomida Bekobod shahrida yashovchi 1978 yilda tug‘ilgan O‘.S. Chinoz tumani Olmazor qishloq fuqarolar yig‘ini Bog‘bon mahallasida xolislar ishtirokida gumonlanib tekshirilganda yonidan 44,5 gr. «marixuana» giyohvand moddasi olindi.

Ushbu holatlar yuzasidan yuqoridagi shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top