10:28 / 31.08.2017
12086

O‘zini “IIB xodimiman” deb tanishtirib, firibgarlik qilgan shaxs fosh etildi

Toshkent tumanida, 2017 yilning 30 yanvar kuni Samarqand viloyatida yashovchi, vaqtincha ishsiz Sh.N. mayor unvoni taqilgan III dala mashg‘ulot kiyimini kiygan holda firibgarlik yo‘li bilan, Zangiota tumanida yashovchi, nafaqaho‘r N.D.ni uyida ishonchini suiste'mol qilib, «IIB xodimiman, sizga Spark yoki Neksiya avtoulovidan birini nomingizga rasmiylashtirib beraman» – deb aldab, undan 15.000.000 so‘m pullarini olib, shu kunga qadar qaytarib bermagan. Bu haqda Toshkent viloyati IIB xabar tarqatdi.

Shuningdek, 2017 yilning fevral oyi o‘rtalarida podpolkovnik unvoni taqilgan III dala mashg‘ulot kiyimini kiygan holda firibgarlik yo‘li bilan, Zangiota tumanida yashovchi, nafaqaho‘r N.D.ni uyida ishonchini suiste'mol qilib, undan umumiy narxi taxminan 15.000.000 so‘m bo‘lgan 1 juft tilla ziragi va 1 dona tilla zanjirini olib, shu kunga qadar qaytarib bermagan. 

Sh.N. ushlandi. Ushbu holat yuzasidan unga nisbatan firibgarlik jinoyatini sodir etganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovni IIB olib bormokda.

Top