12:11 / 01.09.2017
3468

Yaponiya muxolifat partiyasida yangi yetakchi paydo bo‘ldi

Foto: nhk.or.jp

Yaponiya muxolif Demokratik partiyasida yangi yetakchi paydo bo‘ldi – unga partiya ichidagi saylovlar g‘olibi Seydzi Maexara aylandi, deb xabar bermoqda NHK telekanali.

Maexara demokratlar hukumatidagi ishi davrida tashqi ishlar vaziri lavozimini egallagan.

U partiya rahbari uchun saylovlar vaqtida taniqli siyosatchi Yukio Edano bilan kurash olib bordi hamda ko‘pchilik ovoz bilan g‘alabaga erishdi (332ga qarshi 502).

Maexara o‘z maqsadi sifatida xalq uchun tanlov imkoniyati va o‘z missiyasini ko‘rsatib berishni tilga oldi.

U partiya rahbari lavozimini ikki yil davomida egallaydi.

Mavzuga oid
Top