11:17 / 01.09.2017
4500

Avstraliya Filippinga IShID bilan kurashda harbiy yordam ko‘rsatmoqchi

Foto: AP

Avstraliya Filippinga harbiy yordam ko‘rsatishga tayyor. Bu haqda mamlakat TIV rahbari Juli Bishop jurnalistlar bilan muloqoti davomida ma'lum qildi.

Shu bilan birga, uning ta'kidlashicha, Avstraliya qurolli mojaroda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etmaydi.

«Gap jangovar harakatlarda ishtirok etish haqida emas, balki maslahatlar, harbiylarni tayyorlashda yordam ko‘rsatish borasida ketmoqda», - deya vazirning so‘zlarini keltiradi TASS.

Shuningdek, uning xabar berishicha, Filippin tomoni qanday qo‘llab-quvvatlovga ehtiyoj sezayotgani borasida javob qaytarmagan.

«Biroq biz Janubiy Filippinda «IShID» tayanch nuqtasining paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Bishop.

Avvalroq Pentagon Filippinda IShIDga qarshi amaliyot rejalashtirayotgani xabar berilgandi.

 

Top