13:01 / 01.09.2017
10671

Erdo‘g‘an o‘z tansoqchilari tufayli AQShni tanqid qildi 

Foto: Reuters/Murad Sezer

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an AQSh hukumatini o‘z tansoqchilariga hujum qilish holati bo‘yicha ayblov e'lon qilgani uchun tanqid ostiga oldi, deb xabar bermoqda Reuters.

«Bu katta mojaro. Bu Qo‘shma Shtatlarda adliya tizimi qanday ishlayotganining mojaroli belgisi», - deya ta'kidlab o‘tdi Turkiya yetakchisi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘riqlash xizmati o‘z vazifalarini bajargan, sababi Turkiya delegatsiyasidan bo‘lgan mehmonlarga hujum qilingan.

Avvalroq Turkiya va AQSh munosabatlari yana sovuqlashayotgani, turklar maxsus bayonot bilan chiqqani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top