20:23 / 01.09.2017
4833

Xitoyda atom sohasida xavfsizlik haqidagi qonun qabul qilindi

Foto: AFP

Butunxitoy xalq vakillari doimiy qo‘mitasi (Xitoy qonunchilik organi) 1 sentabrda atom sohasida xavfsizlik haqidagi qonunni qabul qildi. Bu haqda China News axborot agentligi xabar bermoqda. 

Qabul qilingan qonun atom reaktorlari qurilishi, tegishli qurilmalarni eksport va  import qilish qoidalarini tartibga soladi. Ta'kidlanishicha, Xitoyga olib kiriladigan qurilma mamlakat qonunlarida ko‘zda tutilgan xavfsizlik me'yorlari, ma'muriy me'yorlar va standartlarga muvofiq kelishi kerak. Xitoydan qurilmalarning olib chiqilishi eksport nazorati davlat talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak. Ushbu qonun 2018 yil 1 yanvaridan kuchga kiradi.

Xitoyda atom sohasida birorta ham ko‘ngilsizlik yoki sizib chiqish holati yuz bermaganiga qaramasdan, Xitoy hukumati qurilayotgan reaktorlar miqdori keskin ko‘paygani tufayli atom sohasini tartibga soluvchi qonunni ishlab chiqishga majbur bo‘lgan.

Qonunda ta'kidlanishicha, atom sohasi milliy xavfsizlikning muhim qismi hisoblanadi va ushbu sohada mavjud talablarga muvofiq kelishi lozim. Shuningdek, ta'kidlanishicha, ushbu sohada xalqaro hamkorlikni kuchaytirish va terrorchilikka qarshi kurashni muvofiqlashtirish muhimligi ta'kidlab o‘tilgan.

Top