21:36 / 01.09.2017
6891

Pekinda Tojikiston va Xitoy o‘rtasida 13 ta hujjat imzolandi

Foto: EPA

Tojikiston rahbari Imomali Rahmonning Xitoyga davlat tashrifi doirasida Pekinda 13 ta davlatlararo hujjat imzolandi. Bu haqda Tojikiston prezidenti matbuot xizmati ma'lum qildi. Hujjatlarni imzolash marosimi Xitoy raisi Si Tszinpin va Rahmon uchrashuvidan keyin bo‘lib o‘tgan.

Tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy va gumanitar munosabatlar darajasidan qoniqish bildirishgan. 

Uchrashuvda Tojikiston va Xitoy o‘rtasida qurilish materiallari, paxta tolasi va tog‘-metallurgiya minerallarini qayta ishlash sohalarida hamkorlikni rivojlantirish va kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi, sog‘liqni saqlash, ta'lim va madaniyat sohalarida ikki tomonlama munosabatlarni yaxshilash bo‘yicha kelishuvga erishildi. 

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida strategik hamkorlik o‘rnatish, hamkorlik dasturi, qishloq xo‘jaligi hamkorligining namunali bog‘i qurish haqidagi memorandum, mehnat resurslari sohasida hamkorlik memorandumi, infratuzilma sohasida hamkorlikni mustahkamlash, davlat sektorida auditorlik faoliyatida hamkorlik memorandumi, beg‘araz yordam ajratish bo‘yicha texnik va iqtisodiy hamkorlik kelishuvi, eelektr uzatish liniyalarini qurish loyihasiga imtiyozli kredit ajratish kelishuvi, ilmiy-texnik hamkorlik memorandumi, intellektual mulk sohasida hamkorlik memorandumi, Tojikistonning “Xovar” va Xitoyning “Sinxua” axborot agentliklari o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi, Tojikistonning Xatlon viloyati va Xitoyning Shansi viloyati o‘rtasida birodarlik munosabatlarini o‘rnatish kelishuvi kabi hujjatlar imzolandi.

Bugungi kungacha Tojikiston va Xitoy o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikka tegishli hujjatlar soni 200 taga yaqinni tashkil qilgan.

Top