10:00 / 01.09.2017
8713

Putin: KXDR atrofidagi vaziyat keng ko‘lamli mojaro yoqasida turibdi

Foto: TASS

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ma'lum qilishicha, Koreya yarim orolidagi vaziyat keng ko‘lamli mojaro yoqasida turibdi. U bu haqda BRIKS sammiti arafasida e'lon qilgan maqolasida yozgan.

Maqola Kreml saytida joylashtirildi.

«Koreya yarim orolidagi vaziyat haqida gapirmaslikning iloji yo‘q, u so‘nggi vaqtlarda keskinlashdi va keng ko‘lamli mojaro yoqasida turibdi», - deya ta'kidlab o‘tdi Rossiya yetakchisi.

Uning qayd etishicha, Rossiyaning fikricha, KXDRning raketa-yadro dasturini Pxenyanga bosim o‘tkazish orqali to‘xtatish mumkin ekani haqidagi qarashlar xato va istiqbolsizdir.

Putinning qo‘shimcha qilishicha, mintaqa muammolarini barcha manfaatdor tomonlar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot orqali hal qilish kerak.

«Fitnalar, bosim, janglar haqidagi bayonotlar – bu yo‘l hech qayerga olib kelmaydi», - deya yozgan prezident.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp quruq gaplar KXDR muammosini hal etishda yordam bermasligi haqida ma'lum qilgandi.

 

Top