11:22 / 01.09.2017
19665

Ronaldu Peleni ham ortda qoldirdi

Foto: Getty Images

Futbol bo‘yicha Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu JCh-2018 saralash bosqichi doirasida Farer orollari bilan kechgan bahsda (5:1) het-trik qayd etdi.

Shu tariqa, 32 yoshli forvard hozirgi saralash bosqichida urgan gollari sonini 14 taga yetkazdi. Ronaldu «Real»ning sobiq hujumchisi Predrag Miyatovichning rekordini qaytardi. U 1998 yilgi Jahon chempionati saralashida Yugoslaviya termasi uchun ham 14 ta gol urgandi.

Bundan tashqari, Ronaldu Portugaliya termasi uchun o‘zining 78-to‘pini kiritib, milliy terma uchun urilgan gollar soni bo‘yicha braziliyalik afsonaviy futbolchi Peleni (77) ortda qoldirdi.

Mavzuga oid
Top