00:20 / 01.09.2017
10482

SanDisk eng katta sig‘imga ega microSD xotira kartasini yaratdi

Foto: hi-tech.mail.ru

SanDisk kompaniyasi dunyodagi eng katta sig‘imga ega microSD xotira kartasini yaratganini ma'lum qildi. Ochig‘ini aytganda, bu xotira kartasi narxi ham shunga yarasha ancha qimmatgina.

Kompaniya 400 Gb xotiraga ega dunyodagi ilk microSD kartasini sentabrdan boshlab 249,99 dollardan sotmoqchi. Ushbu karta o‘ziga Full HD formatida yozilgan 35 soatlik videoni sig‘dira oladi. Shu sababli kompaniya bu qurilmasini asosan kameralar va o‘yin konsollari egalariga mo‘ljallab chiqargan.

Karta shuningdek dronlar egalari, GoPro’dan foydalanuvchilar va Nintendo Switch muxlislari uchun ham yaxshigina xizmat qilishi mumkin. Yangi karta ma'lumotlarni 100 Mb/soniya tezlik bilan yoza oladi. Bu degani, kartaga 1200 ta fotosuratni bor-yo‘g‘i bir daqiqa ichida ko‘chirish mumkin. 

Mavzuga oid
Top