01:21 / 01.09.2017
5490

“Ural Airlines” Yekaterinburgdan Namanganga reyslarni joriy qilmoqda

Foto: airspot.ru

Rossiyaning “Ural Airlines” aviakompaniyasi 16 sentabrdan Yekaterinburgdan Namanganga muntazam reyslarni amalga oshira boshlaydi. Reyslar shanba kunlari Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi.

Rossiya aviakompaniyasi samolyotlari Koltsovo aeroportidan soat 03:05da jo‘nab, Namanganda soat 05:55da qo‘nadi.

 

Top