23:31 / 01.09.2017
44352

O‘zbekiston boks terma jamoasi barcha davrlardagi eng yaxshi natijasini qayd etdi

Foto: AIBA

Boks bo‘yicha O‘zbekiston termasi Germaniyaning Hamburg shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida musobaqaning barcha davrlaridagi eng yaxshi natijasini qayd etdi. 

O‘zbekiston terma jamoasi shu paytgacha ishtirok etgan 12ta jahon chempionati finalida hech qachon to‘rt nafar vakili bilan ishtirok etmagandi. Shu kungacha terma jamoamizning eng yaxshi natijalari 1999 yili AQShning Hyuston va 2015 yilda Qatarning Doha shahrida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatlarida qayd etilgan. Bu turnirlarda O‘zbekiston terma jamoasi finalda 3 nafardan vakil bilan ishtirok etgandi.

Hyustondagi natijalar hozircha medallar sifati bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkich bo‘lib turibdi. O‘shanda O‘zbekiston terma jamoasi 2ta oltin ( Muhammadqodir Abdullayev, O‘tkirbek Haydarov) va 1ta kumush medal bilan taqdirlangandi. 2015 yilgi finallarda esa barcha bokschilarimiz finalda imkoniyatni boy berishgandi.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yilgi JCh finalida O‘zbekiston sharafini finalda Hasanboy Do‘smatov (46-49 kg), Jasurbek Latipov (-52 kg), Iqboljon Xoldorov (-64kg) va Shahram G‘iyosov (-69 kg) himoya qiladi.

Mavzu
Boks. JCh-2017

25 avgust kuni Germaniyaning Hamburg shahrida Boks dunyosining 2017 yilgi eng nufuzli musobaqasiga start berildi. 25 avgustdan 2 sentabrgacha Hamburg shahri AIBA World Boxing Championship-2017 musobaqasiga mezbonlik qiladi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi kamsonli mamlakatlar singari to‘liq tarkibda ishtirok etadi. 

Barchasi
Top