10:16 / 01.09.2017
13534

JCh-2018 saralash. Argentina yana ochko yo‘qotdi, Braziliya 1-o‘rinni naqd qildi (turnir jadvali)

Foto: Twitter/mediacules

2018 yili Rossiyada bo‘lib o‘tadigan JCh saralash bosqichining KONMeBOL mintaqasida 15-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Turning markaziy uchrashuvida Urugvay terma jamoasi Argentinani qabul qildi va uchrashuvda hisob ochilmay qoldi. Ikki da'vogarning ochko yo‘qotishidan esa boshqa termalar foydalana olishmadi. Turning eng kutilmagan natijasiga sabab bo‘lgan uchrashuvda Chili terma jamoasi o‘z uyida Paragvayga yirik 0:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Kolumbiya ham durang o‘ynadi.

Bunday natijalardan esa faqatgina Braziliya terma jamoasi unumli foydalanib qoldi. Ekvadorni qabul qilgan «pentakampeonlar» Paulino va Koutinoning gollari evaziga g‘alaba qozonib, saralash bosqichi tugashiga 3 tur qolganida mintaqa guruhida birinchi o‘rinni naqd qilib qo‘ydi. 15 uchrashuvda 36 ochko to‘plagan Braziliya terma jamoasi eng yaqin ta'qibchisi Kolumbiyani 11 ochkoga ortda qoldirib ketgan.

3-o‘rinda borayotgan Urugvay terma jamoasida 24 ochko bor. Chili va Argentina terma jamoasi esa 23 ochkodan to‘plab 4-5 o‘rinlarni bo‘lishib turibdi. Ushbu turdagi g‘alaba evaziga Paragvay va Peru terma jamoalari 21 ochkodan to‘plab yo‘llanma uchun yana kurashga qo‘shildi.

JCh-2018, saralash bosqichi.
Janubiy Amerika
15-tur

Urugvay – Argentina 0:0
Urugvay: Muslera, Ximenes, Silva, Kaseres, Godin, Nandes, Gonsales (Koruxo, 68), Vesino, Rodriges, Suares (Stuani, 83), Kavani.
Argentina: Romero, Merkado, Fasio, Otamendi, Pisarro, Akunya (Akosta, 61), Bigliya, Di Mariya (Korrea, 90), Dibala (Pastore, 71), Ikardi, Messi.
Ogohlantirishlar: Ximenes (41), Gonsales (47), Merkado (50), Pastore (72), Rodriges (77).

Braziliya – Ekvador 2:0 (0:0)
Gollar: Paulino (69), Koutino (76).
Braziliya: Alisson, Markinos, Marselo, Dani Alves, Miranda (Tiago Silva, 46), Villian (Luan, 84), Kazemiro, Renato Augusto (Koutino, 59), Paulino, Neymar, Gabriel Jyezus.
Ekvador: Bangera, Arboleda, Achiler, Ramires, Valensiya, Noboa, Kinones, Martines (Kaysedo, 79), Gaybor (Kasares, 73), Velasko, Valensiya (Kaysedo, 73).
Ogohlantirishlar: Martines (26), Neymar (36), Gabriel Jyezus (60), Velasko (60), Marselo (80).

Venesuela – Kolumbiya 0:0
Venesuela: Farines, Vilyanueva, Chanselor, Garsiya, Felcher, Rinkon, Errera, Kordova (Figera, 84), Martines (Otero, 55), Rondon, Machis (Murilo, 60).
Kolumbiya: Ospina, Sapata, Murilo, Aryas, Fabra, Barrios, Sanches (Agilyar, 75), Kardona (Moreno, 63), Kuadrado, Chara (Muriel, 80), Falkao.
Ogohlantirishlar: Murilo (16), Kordova (18), Rinkon (90).

Chili – Paragvay 0:3 (0:1)
Gollar: Vidal (24, avtogol), Kaseres, Ortis (90).
Chili: Bravo, Bosejur, Medel, Xara (Orelyana, 79), Isla, Arangis, Dias (Paredes, 57), Sanches, Vidal, Vargas, Kastilo (Valdiviya, 57).
Paragvay: Silva, Moreyra, Alonso, Samudio (Bareyro, 51), da Silva, Almiron (Rolon, 79), Riveros, Romero, Kaseres (Ortis, 70), Gomes, Barrios.
Ogohlantirishlar: Bareyro (72), Arangis (75), Xara (77), Bosejur (84), Vidal (90).

Peru – Boliviya 2:1 (0:0)
Gollar: Flores (55), Kueva (59) – Alvares (72).
Peru: Kaseda, Rodriges, Ramos, Advinkula, Trauko, Akino, Kueva (Urtado, 79), Karrilo (Polo, 88), Farfan, Ruidias (Penya, 72), Flores.
Boliviya: Lampe, Valverde, Raldes, Senteno, Bexarano, Kampos, Vayyar, Kastro (Xustiniano, 65), Sagredo (Flores, 65), Moreno, Alvares.
Ogohlantirishlar: Raldes (35), Kampos (42), Advinkula (50), Akino (64), Farfan (90).

Mavzuga oid
Top