22:00 / 02.09.2017
6880

«Harvi» to‘foni​ paytida tinimsiz ishlagan meteorolog​ 17 ming dollardan voz kechdi

Foto: Trendolizer

«Harvi» to‘foni faol harakatlangan payt, deyarli 20 soatlab ishlagan amerikalik meteorolog Jyeff Lindner 500 nafar kishi uning ta'til uchun 17 ming AQSh dollari miqdordagi mablag‘ni yig‘ganda, pulni qabul qilishdan bosh tortdi.

GoFundme kraudfaunding kompaniyasi bergan ma'lumotga ko‘ra, bir kechaning o‘zida ko‘zlangan maqsad 4 ming AQSh dollari bo‘lsa ham, 529 nafar kishi 17 ming AQSh dollarini yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi.

«Jyeff Lindnerga ta'tilni sovg‘a qiling» kampaniyasi tashkilotchilarning fikricha, meteorologning ta'tilga chiqishga haqqi bor, chunki u katta bosim ostida tinim bilmay ishladi.

«U, xuddi, ovqat yemay, bir hafta uxlamagan kishiga o‘xshab ko‘rinmoqda. Mening fikrimcha, Jyeffga biroz dam kerak», deb yozilgan kampaniya xabarida.

Lindner esa davlat xizmatchisi ekani va 100 AQSh dollaridan ortiq qiymatdagi sovg‘ani qabul qila olmasligi tufayli, pullarni olmasligini ma'lum qildi. Bundan tashqari, u barcha yig‘ilgan mablag‘ni tabiiy ofatdan aziyat chekkan oilalarga tarqatishni taklif qildi.

Top