15:17 / 02.09.2017
17207

Chexiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi Viza markazi ishini vaqtinchalik to‘xtatdi

Chexiya Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi Viza markazi ishi vaqtinchalik to‘xtatilgani haqida xabar berdi.

Elchixona saytida xabar qilinishicha, ishning vaqtinchalik to‘xtashi ro‘y bergan avariya bilan bog‘liq. Viza markazini texnik nosozliklar bartaraf etilgach ochish rejalashtirilgan.
 
Elchixona barcha tezkor holatlarda Chexiya Respublikasining Toshkentdagi Konsullik bo‘limiga uzbekistan@mzv.cz elektron manzili orqali murojaat qilishni so‘ragan.

Top