18:36 / 02.09.2017
16831

Mett Deymon nega Donald Tramp filmlarda ko‘p suratga tushganini tushuntirib berdi

Foto: twitter.com/@PolticsNewz

Oskar mukofoti sovrindori, amerikalik aktyor Mett Deymon prezident Donald Trampning siyosiy faoliyatiga qadar bu qadar ko‘p filmlarda ko‘rinish berishiga nima sabab bo‘lgani haqida so‘zlab berdi. The Hollywood Reporter nashriga bergan intervyusida aktyor «Tramp egalik qiluvchi biror bino, jumladan Trump Tower («Tramp minorasi») binosida suratga olish ishlarini olib borishga ruxsatnoma faqat uning kadrda ko‘rinish berishi bilan kafolatlangani» haqida gapirib berdi.

Mettning so‘zlariga ko‘ra, Tramp 1992 yil suratga olingan Al Pachino ishtirokidagi «Ayol ifori» filmida ham suratga tushgan. Ammo so‘nggi montaj paytida u ishtirok etgan lavha asosiy film kadrlaridan olib tashlangan.

«Agar Trampning biror mulkida ishlashni xohlasangiz, avvalo Donaldning o‘ziga rol taklif qilishingiz kerak. Rejissyor Martin Brest o‘sha filmini suratga olish payti bir necha soatlarni Tramp ishtirokidagi lavhani tayyorlashga sarflaydi», deydi aktyor.

Barchaga ma'lum, «Bola uyda yolg‘iz 2» filmida Donald Tramp kichik Kevinga yo‘lni ko‘rsatib yuboradi.

Mavzuga oid
Top