10:58 / 02.09.2017
10479

Tennis yulduzi Serena Uilyams ona bo‘lish baxtiga muyassar bo‘ldi

Foto: Globallookpress.com

Jahon tennis yulduzi, sobiq birinchi raqamli ayol tennischi Serena Uilyams 1 sentabrda qiz farzand ko‘rdi. Bu haqda New York Daily News nashri xabar bermoqda. 

Amerikalik sportchi ilk marotaba onalik baxtini his qilmoqda. Chaqaloq Florida shtatidagi Uest-Palm-Bich shifoxonalaridan birida dunyoga kelgan. Uning vazni 3,09 kg ni tashkil kilgan. Ta'kidlanishicha, ona-bola o‘zlarini yaxshi his qilmoqdalar.

Qizning otasi Serenaning qaylig‘i, Reddit portali hamasoschisi Aleksis Oganyan hisoblanadi.

Ayni vaqtda Serena dunyo reytingida 2-o‘rinni egallamoqda. Tennischi faoliyati davomida WTA’ning 72 ta musobaqasi, jumladan “Katta dubulg‘a” seriyasiga kiruvchi 23 ta  musobaqani yutgan.

Baxtiyor ona keyingi yildayoq kortlarga qaytishga va'da bergan. 

Top