10:48 / 02.09.2017
3704

Tramp NASA’ga sobiq uchuvchini rahbar etib tayinlamoqchi

Foto: sciencemag.org

AQSh prezidenti Donald Tramp aeronavtika va fazoviy makonni tadqiq qilish bo‘yicha Milliy agentlik (NASA) direktori lavozimiga kongressmen Jyeyms Braydenstinni tayinlash niyatida.

Bu haqda The Hill Oq uy matbuot xizmatiga asosan xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, Braydenstin 2013 yildan AQSh kongressi vakillari palatasida Oklaxoma shtatidan vakil hamda ilm-fan, koinot va texnologiyalar bo‘yicha qo‘mitaning a'zosidir.

U o‘tmishda harbiy-dengiz aviatsiyasi uchuvchisi bo‘lgan va Iroq hamda Afg‘onistondagi amaliyotlarda ishtirok etgan.

Avvalroq AQShda yangi koinot kemasi sinovdan o‘tkazilgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top