23:55 / 02.09.2017
9054

Turkiyaning inson huquqlarini himoyalash jamg‘armasi 2 mln musulmonga qurbonlik go‘shtini ulashdi 

Foto: Anadolu

Turkiyaning inson huquqlari va erkinliklarini himoyalash va gumanitar yordam jamg‘armasi (IHH) joriy yilda Qurbon hayit munosabati bilan 5 ta qit'adagi 106 ta davlatda muhtoj bo‘lgan 2 mln kishiga qurbonlik go‘shtini ulashdi.

IHHda ma'lum qilinishicha, go‘shtni taqsimlashda inqiroz va urushlar davom etayotgan hududlar va birinchi navbatda Suriya ustuvorlik qildi.

İHH hayit kuni Suriyada 250 ming kishiga go‘sht ulashdi. 

Jamg‘arma xodimlari, shuningdek, Myanma va Bangladeshning turli hududlarida yashovchi musulmonlarga ham go‘sht ulashgan. 

IHH qurbonlik go‘shtini ulashadigan davlatlar orasida Nepal, Falastin va G‘azo sektori, Yaman, Sudan, Somali, Filippin, Albaniya, Bosniya va Gertsegovina, Ruminiya, Serbiya, Indoneziya, Eritreya, Hindiston, Qirg‘iziston, Misr, Efiopiya, Ruanda va boshqa ko‘plab davlatlar bor.

Ushbu jamg‘arma 1992 yilda tashkil etilgan. U diniy va irqiy mansublikdan qat'iy nazar, dunyodagi barcha mutoj odamlarga yordam ko‘rsatadi. Jamg‘arma 135 ta davlatda faoliyat yuritadi va urush, ocharchilik va tabiiy ofatlardan aziyat chekkanlarga yordam ko‘rsatadi.

 

Mavzu
Myanma fojialari

O‘tib borayotgan hafta davomida Myanmada istiqomat qiluvchi kam sonli rohingya jamoalari yashaydigan 2,600 dan ortiq uylarga o‘t qo‘yildi.

Barchasi
Top