22:53 / 02.09.2017
7683

Ukraina migratsiya xizmati Saakashvilining ukasini qo‘yib yubordi 

Foto: TASS

Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvilining ukasi David Ukraina migratsiya xizmatining Kiyevdagi tuman bo‘limidan qo‘yib yuborildi. U bo‘limga keyinchalik deportatsiya qilinish uchun yetkazilgandi. Bu haqda jurnalistlarga Oliy rada deputati, Saakashvilining “Yangi kuchlar harakati” partiyasi a'zosi Yuriy Derevyanko ma'lum qildi.

“David Saakashvili Ukraina migratsiya xizmatining bo‘limini tark etgan va uyiga ketgan”, deb aytgan Derevyanko.

Uning aytishicha, avvalroq David Saakashvili yetkazilgan politsiya bo‘limida migratsiya xizmati departamenti boshlig‘i ham bo‘lgan va u David hibsga olingan hisoblanadimi yoki ketishi mumkinligi haqidagi savolga “Yo‘q” deb javob bergan. Shundan keyin David o‘rnidan turib, bo‘limni tark etgan. Saakashvilining ukasiga “ma'muriy qoidabuzarlik haqidagi bayonnoma, jarima va u Ukrainani muayyan muddatda tark etishi kerakligi haqida hujjat” berilishi kerak bo‘lgan. 

Derevyankoning aytishicha, migratsiya xizmati bo‘limiga Kiyev politsiyasining tezkor guruhi chaqirtirilgan. Politsiyaga “huquq-tartibot idoralari xodimlari tomondan jinoyat sodir etilgani” ma'lum qilingan. “Jinoyat shundan iboratki, David Saakashvili noqonuniy ushlangan”, deb qo‘shimcha qilgan Derevyanko va 4 sentabrda Saakashvili vakillari ushbu holat yuzasidan sudga murojaat qilmoqchiliklarini ma'lum qilgan.

Top