16:50 / 03.09.2017
28635

Foto: Nyu-York moliya markazida O‘zbekiston bayrog‘i baland ko‘tarildi

Foto: TIV matbuot xizmati

2017 yil 2 sentabr kuni Nyu-Yorkning Uoll-strit - moliyaviy markazida O‘zbekiston Mustaqilligining 26 yillik munosabati bilan davlat bayrog‘i ko‘tarildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi TIV matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston davlat madhiyasi yangrab turgan holda 15 m balandlikka ko‘tarilgan mamlakat bayrog‘i hilpirab turdi. Tadbir tashkilotchilar va ishtirokchilar bir daqiqa sukut saqlab marhum prezident Islom Karimovni yod olishdi.

Turkiston-Amerika Assotsiatsiyasi raisi Abdulla Xo‘ja nutq so‘zlab, bugungi kunda AQShda istiqomat qilayotgan o‘zbekistonliklar va o‘zbek millatiga mansub kishilar ona yurt mustaqilligini keng nishonlayotgani haqida so‘zladi. U shuningdek, prezident Shavkat Mirziyoyevning tanlagan siyosati iqtisodiy barqarorlik, erkinlik va mustaqillikni mustahkamlab borishini ta'kidlagan.

Tadbirga yig‘ilganlar milliy liboslarda kuy-qo‘shiqlar hamohangligida bayram qilishgan.

 

Mavzuga oid
Top