22:27 / 03.09.2017
6485

Kyodo: Yaponiya va AQSh yetakchilari bir kun ichida ikkinchi marta Shimoliy Koreyani muhokama qilishdi

Foto: AP Photo / Carolyn Kaster

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe va AQSh prezidenti Donald Tramp bir kun ichida ikkinchi marta telefon orqali o‘zaro suhbatlashdilar. Bu haqda Kyodo axborot agentligi xabar bermoqda. 

Ushbu suhbatning bosh mavzusi kutilganidek, Shimoliy Koreyaning navbatdagi yadroviy sinovi bo‘ldi. Biroq suhbat tafsilotlari hozircha oshkor qilinmagan. Abe va Trampning 3 sentabrdagi telefon orqali ilk suhbati bevosita yadroviy sinov oldidan bo‘lib o‘tgan. Suhbat vaqtida ikki yetakchi Shimoliy Koreyaga bosim o‘tkazishni kuchaytirish yo‘li bilan Pxenyanni joriy siyosatini o‘zgartirishga majbur qilish zarurligi haqidagi fikrga kelishgan.

Shimoliy Koreyaning yadroviy sinov muvaffaqiyatli kechgani haqidagi bayonoti xalqaro hamjamiyat tomondan keskin munosabatga sabab bo‘lgan. Yaponiya BMT Xavfsizlik kengashini chaqirtirish zarurligini aytgan, Janubiy Koreya va AQSh esa Shimoliy Koreya harakatlariga harbiy javob berilishi mumkinligini istisno qilmaganlar. Pxenyanning xatti-harakatlari Rossiya va Xitoy tomondan ham qoralangan. 

Mavzuga oid
Top