13:00 / 03.09.2017
13173

Mbappe «Real»ga o‘tganida, Ronaldu ketgan bo‘lardi

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu mavsumlar oralig‘ida «Manchester Yunayted»ga qaytishi mumkin edi. Bu haqda The Times nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, o‘tgan oyda Ispaniya sudi Ronalduni 14,7 million yevro miqdorda soliqlarni to‘lamaslikda ayblaganidan keyin 32 yoshli portugaliyalik futbolchi «Old Trafford»ga qaytishni istayotganini bildirgan, «Real» esa muzokaralar o‘tkazishga tayyor bo‘lgan.

Ronalduning o‘rniga madridliklar prezidenti Florentino Peres «Monako» hujumchisi Kilian Mbappeni jalb qilmoqchi bo‘lgan, ammo u oxir-oqibat «PSJ»ga yo‘l olgandi. 18 yoshli fransuz futbolchisining otasi uni Ronalduning o‘rnini bosa olishga tayyor emas deb hisoblagan.

Mavzuga oid
Top