00:47 / 03.09.2017
15419

«Mehmonxona qurilishidagi janjal maishiy sabab bilan kelib chiqqan» - Ostona meri

Foto: RIA "Novosti"

Bugun Qozog‘iston poytaxti Ostona shahridagi bir necha ko‘chalar shoshilinch ravishda berkitilgan haqidagi xabarni ilgariroq RIA Novosti agentligi tarqatgan edi. Birin-ketin tafsilotlar oshkor etila boshlandi.

Jumladan Oqmachit va Turkiston ko‘chlaridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnov to‘silgan, Almati ko‘chasidagi qatnovga ham politsiya xodimlari qalqon bilan xalaqit berishgan.

Ostonaning ma'muriy markazidagi qurilishlardan biridagi janjal mushtlashuvga aylanib ketgan va unda 30 ga yaqin odam ishtirok etgan, deb xabar beradi Qozog‘iston IIV davlat tili va axborot departamenti direktori Olmos Saduboyev.

Oldinroq Qozog‘iston poytaxti hokimi Facebook’dagi o‘z sahifasida qurilayotgan «Abu Dabi plaza» obektida qo‘riqlash tashkilotlari xodimlari va xorijlik quruvchilar o‘rtasida maishiy janjal kelib chiqqanini yozgan edi. Politsiyadagilarning xabar berishicha, janjal nazorat-o‘tkazish punktida yuz bergan.

Shahar hokimining qayd etishicha, «muzokaralar olib borilgan, janjal va mushtlashuvga nuqta qo‘yilgan, oqibatlarga qarab kerakli choralar ko‘riladi». «Janjal kelib chiqmasligi va fitna yuz bermasligi uchun ortiqcha izohlarlardan tiyilib turishni so‘raymiz», — degan shahar hokimi.

«Qo‘riqlash xizmati xodimi obekt ixtiyorida mast holatdagi hindistonlik ishchini chiqarmasligi janjalga sabab bo‘lgan. Ishchi o‘z vatandoshlarini chaqirgan va ular qo‘riqchini kaltaklashgan, oqibatda janjal ko‘lami ortib, unda 30 ga yaqin kishi ishtirok etgan», — deb xabar berdi Qozog‘iston IIV davlat tili va axborot departamenti direktori Olmos Saduboyev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «voqea joyiga Hindiston elchisi, mahalliy hokimiyat va kompaniya vakillari kelishgan». «Ichki ishlar organlari tomonidan kelgusida tartibsizliklar va mushtlashuvlar, shuningdek vaziyatni izdan chiqarishga qaratilgan xatti-harakatlar qaytarilmasligi uchun chora-tadbirlar majmuasi o‘tkazildi», — dedi IIV vakili.

U ham shahar aholisiga fitnadan chetda turishga, o‘ylanmagan xatti-harakatlarni amalga oshirmaslik va tekshirilmagan ma'lumotlarni hamda turli mish-mishlarni tarqatmaslikka chaqirdi.

«Vaziyat to‘liq hal qilingan va politsiya nazorati ostida», — dedi Saduboyev.

Top