12:10 / 03.09.2017
20546

«Real» yozgi transferlar vaqtida yangi rekord o‘rnatdi

«Real» ketma-ket ikkinchi yozgi transferlar davrini foyda bilan yakunladi.

O‘tgan transfer oynasi vaqtida madridliklar Teo Ernandes va Dani Sebalos transferi uchun jami 46,5 million yevro (Vinisius Junior uchun 45 million yevro keyinroq to‘lanadi) sarfladi.

Futbolchilar sotuvidan esa «Real» 126 mln yevro ishlab topdi. Alvaro Morata «Chelsi»ga 62 mln, Danilo – «Manchester Siti»ga 30 mln yevro evaziga yo‘l oldi. «Sosedad» Diyego Lorente uchun 10 mln yevro to‘ladi, Dias «Lion»ga 8 mln yevroga tushdi, «Bavariya» esa Xames ijarasi uchun 13 mln. yevro o‘tkazib berdi.

Natijada «Real»ning o‘tgan yozgi transferlar vaqtidagi foydasi 79,5 mln yevroni tashkil qildi. Bu klubning yangi rekordi sanaladi. O‘tgan mavsumda jamoaning foydasi 7,5 mln. yevroni tashkil qilgandi.

Keyingi o‘rindagi natija (+7,4 mln) 1998/99yilgi mavsumda kuzatilgandi.

Mavzuga oid
Top