09:30 / 03.09.2017
116448

Jahon chempionati yakunlandi: O‘zbekiston medallar shodasi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda!

Germaniyaning Hamburg shahrida o‘tayotgan AIBA shafeligi ostidagi har ikki yilda bir marta tashkillashtiriladigan boks bo‘yicha jahon chempionatining final uchrashuvlari yakunlandi.

Barcha vazn toifasida musobaqani boshlagan vakillarimiz orasidan to‘rt bokschi finalgacha yetib borgan edi va ularning barchasi kubalik bokschilarga qarshi jang o‘tkazishdi.

Bokschilarimizdan Hasanboy Do‘smatov (46–49 kg vaznda), Jasurbek Latipov (52 kg), Iqboljon Xoldorov (64 kg) finalda imokniyatni boy berib, kumush medal olgan bo‘lishsa, Shahram G‘iyosov (69 kg) kubalik Roniel Iglesias Gomes ustidan o‘ta ishonarli tarzda g‘alaba qozonib, yurtimiz foydasiga oltin medal taqdim etdi.

O‘zbekiston terma jamoasi 1ta oltin, 3ta kumush va 2ta bronza medal bilan umumjamoa hisobida Kubadan so‘ng 2-o‘rinni egallashdi. Kuba 5ta oltin 2ta kumush medal yig‘di. 3-o‘rinni 1ta oltin, 2ta kumush va 3ta bronza olgan Qozog‘iston terma jamoasi egalladi. Alohida qayd etish lozimki, Ozarboyjon bokschilari 1oltin va 1bronza bilan to‘rtinchi o‘rindan joy olishdi.

Barcha vazn toifasidagi g‘oliblar bilan tanishtiramiz:

46-49 kg.

Oltin: Joanis ARGILAGOS (Kuba)

Kumush: Hasanboy DO‘SMATOV (O‘zbekiston)

Bronza: Jo‘mart Yerjan (Qozog‘iston)

Bronza: Yuberxen Martines (Kolumbiya)

 

52 kg.

Oltin: Yosbani VeITIA (Kuba)

Kumush: Jasurbek LATIPOV (O‘zbekiston)

Bronza: Timur Galanov (Rossiya)

Bronza: Kim In-Kyu (Janubiy Koreya)

 

56 kg.

Oltin: Qayrat Yeraliyev (Qozog‘iston)

Kumush: Dyuk Ragan (AQSh)

Bronza: Peter MakGreyl (Angliya)

Bronza: Gaurav Bidhuri (Hindiston)

 

60 kg.

Oltin: Sofian Umiha (Fransiya)

Kumush: Lazaro Alvares Estrada (Kuba)

Bronza: Otar Eranosyan (Gurjiston)

Bronza: Dorjnyambuugiyn Otgondalay (Mo‘g‘uliston)

 

64 kg.

Oltin: Andi Kruz Gomes (Kuba)

Kumush: Iqboljon XOLDOROV (O‘zbekiston)

Bronza: Freydus Roxas (AQSh)

Bronza: Hovhannes Bachkov (Armaniston)

 

69 kg.

Oltin: Shahram G‘IYoSOV (O‘zbekiston)

Kumush: Roniel Iglesias Gomes (Kuba)

Bronza: Ablayxan Jussupov (Qozog‘iston)

Bronza: Abbos Baraou (Germaniya)

 

75 kg.

Oltin: Oleksandr Xijnyak (Ukraina)

Kumush: Abilxan Amanqul (Qozog‘iston)

Bronza: Kamron Shohsuvorli (Ozarboyjon)

Bronza: Troy Aysli (AQSh)

 

 

81 kg.

Oltin: Xulio La Kruz (Kuba)

Kumush: Jozef Uord (Irlandiya)

Bronza: Karlos Andres Mina (Ekvador)

Bronza: Bektemir MeLIQO‘ZIYeV (O‘zbekiston)

 

91 kg.

Oltin: Erislandi Savon (Kuba)

Kumush: Yevgeniy Tishchenko (Rossiya)

Bronza: Vasiliy Levit (Qozog‘iston)

Bronza: Sanjar TURSUNOV (O‘zbekiston)

 

91+ kg.

Oltin: Mahammadrasul Majidov (Ozarboyjon)

Kumush: Qamchibek Qo‘nqabayev (Qozog‘iston)

Bronza: Foku Arsen (Kamerun)

Bronza: Jozef Gudol (Avstraliya)

 

Boks bo‘yicha keyingi jahon chempionati 2019 yili Rossiyaning Sochi shahrida o‘tkazilishi e'lon qilindi.

Jadval

 

Mavzu
Boks. JCh-2017

25 avgust kuni Germaniyaning Hamburg shahrida Boks dunyosining 2017 yilgi eng nufuzli musobaqasiga start berildi. 25 avgustdan 2 sentabrgacha Hamburg shahri AIBA World Boxing Championship-2017 musobaqasiga mezbonlik qiladi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi kamsonli mamlakatlar singari to‘liq tarkibda ishtirok etadi. 

Barchasi
Mavzuga oid
Top